PDMS
Noyob texnologiya 2008 yilning boshida "Issiqlikelektrloyiha" AJ rahbariyati tomonidan «AVEVA PLANT» dasturini amalga oshirish qarori qabul qilingan va 8 litsenziyalar olish , hamda xodimlarni o’kishi uchun "AVEVA " kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Qisqa vaqt ichida barcha kerakli uskunalar va materiallar tayyorlandi va sotib olindi, o’qish uchun alohida maxsus xona ajratildi , turli bo'limlar mutaxassislaridan guruh shakllandi. «AVEVA PLANT» dasturini joriy etish bir necha bosqichda bo'lib o'tdi. Birinchi bosqichda hujjatlar, tizim boshqaruvi, katalog yozuvlari yaratishda 3-o'lchovli modelini yaratish va olish uchun «AVEVA Plant» tizimi asoslari bo’yicha mutaxassislar ta'lim olish maqsadida sakkiz ish o'rinlari tashkil etildi. Dasturiy mahsulot «AVEVA Plant» (PDMS) turli sohalar (texnologiyalar, qurilish, elektr qismlari, va hokazo) uchun kompleks dasturlar to'plamidir va har qanday texnologik qurilma va uskunalarni o'z ichiga olgan elektr stansiyasini qurilishida batafsil loyihalashtirishga va uch o'lchovli modelini yaratishga imkon beradi. Noyob “AVEVA” texnologiyani markazida kelajak korxonani elementlari ob'ektlar sifatida taqdim etiladi - masalan, quvur, nasoslar va boshqalar. Har bir ob'ekt bir nechta axborot darajasi bilan ta’minlangan: ikki o'lchovli rejimidagi sxematik axborot, uch o'lchamli ma'lumotlar modeli, ishlab chiqarish hujjatlar, loyiha ma'lumotlar o'rtasidagi bog’liklik. Alohida qayd etish lozim, «AVEVA Plant» (www.aveva.ru) ishlab chiquvchilari vaqti-vaqti bilan o’z dasturiy ta’minotini yangilaydi , bu tizimda ishlashni osonlashtiradi va o'zgaruvchan sharoitlar bilan mosligini ta'minlaydi. Natijada "AVEVA Plant » tizimda loyihalashtirish bu rangli uch o’lchovli modelini va barcha standartlarga javob beruvchi, yuqori sifatli loyiha hujjatlarini yaratish hisoblanadi. Ushbu dasturning asosiy va muhim afzalliglari:
So'ngra dasturni "sozlash" bosqichi boshlandi, va ta'lim jarayoni , dasturda ish tajribasi 10 yildan ko’proq bo’lgan , qo'shni mamlakat energetika sohasidagi etakchi loyiha-qidiruv instituti mutaxassislari ishtirokida davom etildi. Natijada to'liq «AVEVA Plant» tizimida ishlab chiqarilgan moyappart modelini pilot loyihasi amalga oshirildi. «AVEVA Plant» da ishlash jarayonida yaratilgan model va loyiha ma'lumotlar yagona integratsiyalashgan ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Shunday qilib, tizim loyihani ishlab chiqish izchil suratini shakillantiradi , va bu tajribadan boshqa obyektlarni loyihalashtirishda foydalanish mumkin. Ob’ekt qurilishi olib borish uchun tayyorlangan barcha hujjatlar modellashtirish jarayonida olingan ma’lumotlar asosida hosil bo'ladi. Agar model o'zgartirilsa ikki o'lchovli chizmalarga, hisobotlarga, tafsilotlarga avtomatik ravishda o'zgarishlar qiritiladi. Bugungi kunda “Issiqlikelektrloyiha” AJ mutaxassislari tomonidan «AVEVA Plant» da amalga oshirilgan loyihalar:
Bugungi kunda Institutda «AVEVA Plant 12.0» dan «AVEVA Plant 12.1» versiyaga o'tish amalga oshirildi. Bu dasturni qo'shimcha ichki vositalarini ishlatish imkonini berdi, ya’ni hisobotlarni yaratishni yaxshilangan mexanizmi, tizimni unumdorligini va tezkorligini oshirish, yangilangan interfeys, ilovalar o'rtasida takomillashtirilgan integratsiya. «AVEVA Plant 12.1» yangi versiyasida takomillashtirilgan grafik foydalanuvchi interfeysi foydalanadi , bu turli ilovalar orasida zarur integratsiyani ta’minlaydi. Tizim ko'proq funktsionalga aylandi chunki foydalanuvchilar hisobot dasturni Report Designer ilovasi yordamida hisobot shablonini yaratish , tasvir va jadvallar kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday sxemalar tushunish va taqdimotlarda foydalanish uchun juda oson. Bundan tashqari, foydalanuvchilar standart apparat katalogdagidan foydalanish imkoniyatiga ega, va bu kabi to'liq yoki qisman sifatida murakkab asbob-uskunalar mavjud modellaridan qayta foydalanishi mumkin. Shunday qilib, ancha mehnat xarajatlari kamaytiriladi. Yangilangan versiyasida loyiha ob'ekt uchun muhandislik ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish imkonini beruvchi, «AVEVA Engineering» ilovasi paydo bo'ldi (quvur , uskunalar elementi , va boshq.). Va mavzuda , ish bir vaqtni o’zida bir yoki boshqa muhandislik soha ostidagi tahrirlarni to’g’rilovchi bir nechta mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi mumkin . Bunday yondashuv bir element ustida ishlash imkonini beradi. Uch o'lchamli loyihalashtirish guruhning mutaxassislari imkoniyatlari: Bugungi kunda uch o'lchamli loyihalashtirish dasturiy kompleks PDMS «AVEVA» yordamida “Issiqlikelektrloyiha” AJ mutaxassislari quyidagi faoliyatni amalga oshirish imkoniga ega:
|